13:44 / 09.06.2015
3881

2015 yili Qirg‘izistondan 100ga yaqin odam Suriyaga ketib qoldi

2015 yilning boshidan buyon Qirg‘izistonning 93 fuqarosi IShID tarkibiga qo‘shilish uchun Suriyaga yo‘l olgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar 10-bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rayim Salimov axborot berdi.
2011 yildan buyon Suriyaga 352 qirg‘izistonlik ketib qolgan bo‘lib, ularning 49 nafari ayollardir. Ayollarning besh nafarigina Qirg‘izistonga qaytib kelgan.
Shu davr mobaynida Suriyada 31 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgan.

Top