18:21 / 09.06.2015
2169

Eronlik ayollarga sport o‘yinlarini tomosha qilishga qisman ruxsat berildi

Eron hukumati iyun oyida Tehron shahrida bo‘lib o‘tadigan volleybol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida eronlik ayollarning o‘yinlarni kuzatish uchun kelishiga ruxsat beradi. Bu haqda Xotin-qizlar va oila ishlari bo‘yicha qo‘mita vitse-prezidenti Shaxindoxt Molaverdi ma'lum qilgan.
 
"Bu orqali hukumat murosasiz fikrdagi huquq faollarining keskin noroziliklaridan qochib qoldi", deyiladi Assosheyted Press nashrida.
 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda volleybol o‘yinini kuzatish uchun kelgan ayol qo‘lga olinishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.
 
Ma'lumot uchun, Eronda 1979 yilda ayollarning sport o‘yinlarini tomosha qilish uchun o‘yingohlarga kirishi taqiqlangandi.
Top