21:22 / 09.06.2015
2893

Eronning O‘zbekistonga qarshi o‘yinga taklif qilingan futbolchilari ma'lum bo‘ldi

Eron terma jamoasiga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati ma'lum qilindi.

Eron milliy terma jamoasining rasmiy sayti ma'lum qilishicha, Toshkentdagi o‘yinga terma jamoaga jalb etilganlarning 7 nafari kela olmaydi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Eron terma jamoasining ikki nafar a'zosi — Ashkan Dejaga hamda Alirizo Jahonbaxsh jarohatlangan. Qosim Hadadifarda kuchli charchoq alomatlari borligi tufayli jamoa shifokorlari uni ushbu o‘yinda ishtirok etmasligi haqida qaror qabul qilishgan. Karim Ansorifard esa yaxshi sport formasida emas ekani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ikki nafar futbolchi Mehrdod Puladi va Soruash Rafey esa harbiy xizmatga jalb etilgan.

Jamoaning yana bir a'zosi Jalol Husayniga esa soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagani bilan bog‘liq muammolar sabab mamlakatdan chiqishga ruxsat berilmagan.

Quyida Eron terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik, hamda Turkmanistonga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

Darvozabonlar: Muhammadrizo Akbri (“Saypa”), Alirizo Biranvand (“Naft” Tehron), Alirizo Hagigi (“FK Penafiyel”), Susha Makani ("Persepolis")

Himoyachilar: Hoshim Begzoda (“Istiqlol”), Vurya Gafuriy (“Sepahon”), Ehson Hajsafiy (“Sepahon”), Husrav Haydariy (“Istiqlol”), Jalol Husayni (“Al Ahli”), Muhammad Husayni Xoni-Zodogon (“Malavan”), Milod Muhammadiy (Rah Ahan), Pejman Muntazari(“Um Salal”), Ezzatulloh Purga (“Malavan”), Ramin Rizoin (“Rah Ahan”)

Yarim himoyachilar: Vohid Amiri ("Naft" Tehron), Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”), Said Izatulahiy (“Atletiko Madrid”),  Qosim Hadadifar ("Zob Ahan”), Murtazo Puralipanji (“Tinajin Teda”), Masud Shojai(“Al Shahaniya”), Andranik Temuryan (“Traktorsozi”)

Hujumchilar: Sardar Azmun ("Rubin" Qozon), Rizo Guchanijod (“Al Vakra”), Mehdi Sharifi (“Sepahon”), Mehdi Taromi (“Persepolis”

)

Top