11:40 / 09.06.2015
2589

Estoniya prezidentining sobiq rafiqasi ajralgandan so‘ng ishsizlik to‘lovisiz qoldi

Estoniya prezidentining sobiq rafiqasi Evelin Ilves ajralgandan so‘ng ishsizlik to‘lovisiz qoldi, deb xabar beradi Delfi nashri.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat rahbari joriy yilning 30 aprel kuni ajrashgan edi. Aniqlanishicha, shundan so‘ng Estoniya prezidenti devonxonasi ishsizlikni sug‘urtalash to‘lovlarini kiritmay qo‘ygan, bu esa o‘z navbatida ishsizlik to‘lovlarining ayolga yetib kelmasligiga sabab bo‘lgan.

Evelin Ilves 9 yil davomida Estoniyaning birinchi raqamli xonimi bo‘ldi. Prezidentning rafiqasi maqomida unga kotib, xizmat mashinasi va ayrim xarajatlarning prezident maoshining (oyiga 5 298 yevro) 30 foizi miqdoridagi to‘lovlari taqdim etilgan edi.

Top