13:33 / 09.06.2015
5847

Farg‘onalik ayol onalik huquqidan mahrum etildi

Farg‘onada istiqomat qiluvchi ayol onalik huquqidan mahrum etildi. Bu haqda “Inson va qonun” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, ayol, eridan ajrashgach, qizini qo‘shni ayolga tashlab, chet elga pul topish maqsadida ketgan. Qo‘shni ayol, o‘z navbatida, qizaloqni huquq-tartibot idoralariga topshirgan.
Farg‘ona shahri hokimining buyrug‘i bilan qiz mehribonlik uyiga topshirilgan. To‘qqiz oy mobaynida o‘zi haqida hech qanday xabar bermagan, qizidan xabar olmagan ayol esa onalik huquqidan mahrum qilingan.

Top