17:17 / 09.06.2015
2574

Moskva viloyati muhojirlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turishi aytildi

Muhojirlar soni bo‘yicha birinchi o‘rin Moskva viloyatining sakkizta tumaniga tegishli. “360 Podmoskove” telekanalining ma'lum qilishicha, ular qatorida Ramenskoye, Lyubertsi, Ximki, Mitishi, Krasnogorsk, Odintsovo, Shchyolkovo va Pushkinolar bor. Ularda 2015 yilning dastlabki besh oyi mobaynida 20 mingdan ortiq mehnat muhojiri ro‘yxatdan o‘tgan.

Bu faktlar Federal migratsiya xizmati Moskva viloyati boshqarmasi rahbari Oleg Molodiyevskiy tomonidan millatlar masalalari bo‘yicha konsultativ kengash yig‘ilishida keltirib o‘tildi.

1 iyun holatiga ko‘ra, viloyatda 200 ming xorij fuqarosi mehnat qilmoqda. Ularning 20 foizi rus tili mutlaqo bilmaydi, 50 foizi esa anketa to‘ldirishga qodir emas. Muhojirlar egallagan asosiy sohalar haydovchilik, ustachilik, yuk tashuvchilik va h.k.

Top