07:37 / 09.06.2015
3789

Peskov: G7 va G8 dunyo muammolarini samarali muhokama qilishga imkon bermaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov G7 va G8 formatlari dunyo muammolarini samarali muhokamaga qilishga imkon bermasligini aytdi.

Peskovning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqiqiy kuchlar muvozanatini aks ettiruvchi boshqa formatlardagi ishga o‘z diqqatini qaratgan.

“Putin taklif qilindimi-yo‘qmi, taklif qilishadimi-qilishmaydimi, bu oson bo‘ladimi yo murakkab – bunga javoban shuni aytging keladi: hozirda Rossiya boshqa, haqiqiy kuchlar muvozanati, misol uchun, dunyo iqtisodiy fazosida barcha balanslar va shu kabilarni aks ettiradigan ancha samaraliroq formatlarda ishlashga o‘z diqqatini qaratgan”, deydi Peskov.

Top