17:22 / 09.06.2015
2149

Ukraina va Niderlandiya bosh prokurorlari Boeing’ning halokatini muhokama qildi

Niderlandiya bosh prokurori German Bolxar ukrainalik hamkasbi Viktor Shokin bilan uchrashuv chog‘ida Donetsk yaqinida Malayziyaning Boeing layneri halokatga uchrashi yuzasidan olib borilgan tergov ishlarini muhokama qildi. Bu haqda Ukraina bosh prokuraturasi matbuot xizmati axborot tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, Shokin suhbat asnosida tergov ishlarini davom ettirish va fojianing barcha tafsilotlarini aniqlash zarurligini ta'kidlab o‘tgan. Bolxar esa, o‘z navbatida, ukrainalik hamkasbiga professionallik va konstruktiv hamkorlik uchun tashakkur aytgan.

Top