13:23 / 09.06.2015
2918

Yaponiya vakili G7 a'zolari Tokioning Moskva bilan aloqalarni yaxshilash rejalarini to‘g‘ri qabul qilganini aytdi

G7 guruhiga a'zo davlatlarning rahbarlari Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Rossiya bilan dialog o‘rnatishga bo‘lgan harakatlarini to‘g‘ri qabul qilishdi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga bayonot berdi.
Ilgariroq bosh vazir NHK telekanaliga bergan intervyuda ko‘pgina xalqaro mojarolarni hal qilishda Rossiyaning ishtiroki talab etilishini bayon qilgan edi. Xususan, Abening fikricha, Suriya inqirozi va Eron yadroviy dasturi, Koreya yarim orolidagi keskinlikni bartaraf etish borasidagi muzokaralarda Rossiyaning o‘rni beqiyos.
Shuningdek, Abe 2016 yili Mie prefekturasidagi Sima orolida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi G7 sammitiga to‘xtalib o‘tdi. U tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishtirok etishi uchun barcha ish amalga oshirilishini ta'kidlab o‘tdi.

Top