16:30 / 10.06.2015
1744

App Store’dagi ilovalar 100 mlrd marotaba ko‘chirib olingan

Apple korporatsiyasi Moscone Cener sahnasidan App Store ning ajoyib statistikasi bilan maqtanib qo‘ydi: kontentning virtual do‘konidan 100 mlrd dan ko‘proq marotaba yuklanish amalga oshirilgan – bu har soniya 850 ta dastur o‘rnatilmoqda deganini anglatadi. Apple o‘yin va dastur ishlab chiqaruvchilar uchun 30 mlrd dollar bekorga to‘lamadi: Fortune 500 ro‘yxatidagi 98 foiz muvaffaqiyatli korxonalar Apple kompaniyasining operatsion tizimi uchun o‘z dasturiga ega. Ko‘ngilochar va ish uchun dasturlardan tashqari do‘konda 195 mingta ta'lim dasturi mavjud. App Store haqidagi eng antiqa fakt – bu Apple kompaniyasining qurilmasiga ega o‘rtamiyona foydalanuvchi o‘z qurilmasida 119 ta dasturga ega.

Top