16:41 / 10.06.2015
1582

Bayer kompaniyasi diabetiklar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi biznesini Panasonic’ga 1 mlrd yevroga sotmoqda

Germaniyaning Bayer farmatsevtika kompaniyasi qand kasalligidan aziyat chekuvchilarga yordam beruvchi tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini Yaponiyaning Panasonic Healthcare korxonasiga (KKR & Co jamg‘armasi va Panasonic kompaniyasining qo‘shma korxonasi) sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bayer bergan ma'lumotga ko‘ra, bu bo‘linmaning portfoliosi Contour brendi ostida ishlab chiqariluvchi qondagi shakar miqdorini o‘lchovchi asboblar va boshqa mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.

Bitim 2016 yilning 1-choragida yopilishi kutilmoqda.

2014 yilda bu bo‘linmaning savdolari hajmi 909 mln yevroni tashkil qilgan edi.

Top