08:51 / 10.06.2015
4417

"IShID" jangarilari Misrning Sinay yarimorolidagi aeroportni o‘qqa tutishdi

Misrning Sinay yarimorolidagi aeroportda BMTning tinchlikparvar kuchlari missiyasi bo‘lib turgan vaqtda bu yerga "Sinay viloyati" guruhi tomonidan hujum uyushtirilgan. Bu haqda Sputnik agentligi xabar berdi.

"Xalqaro tinchlikparvar guruhi turgan joy yaqiniga raketa zarbasi berishdi. Bu hujum oqibatida hech kim halok bo‘lmadi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, "Sinay viloyati" guruhi jangarilari "IShID" uchun qasam ichishgan va endi guruh tashkilotning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Top