16:01 / 10.06.2015
1578

Messi Maskerano bilan birgalikda Amerika kubogini qo‘lga kiritmoqchiligini aytdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogi uchun olib borilayotgan tayyorgarlik haqida gapirib o‘tdi.

"Amerika Kubogi oldidan o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Jahon chempionati oldidan bu qadar yaxshi bo‘lmagan edi.

Argentina terma jamoasi bilan sovrin yutib olish - orzu. Bu jamoa ko‘prog‘iga haqli. Biz jahon chempionatidagi natijadan juda xafa bo‘lgandik. 

Men Argentina terma jamoasi favoritlardan biri deb o‘ylayman. Shu bilan birgalikda turnirdagi raqiblar jiddiyligini va Amerika Kubogidagi jamoalar saviyasi tenglashib qolganini ham bilaman.

Maskerano bilan bor e'tiborimzini ushbu musobaqaga qaratganmiz. Endi Argentina terma jamoasida sovrin yutib olmoqchimiz", - deydi Messi.

Top