07:27 / 10.06.2015
2705

Microsoft kompaniyasi 1 Tb li Xbox One konsolini namoyish qildi

Microsoft kompaniyasi 1 Tb qattiq diskga ega Xbox One o‘yin pristavkasining modifikatsiyalangan variantini namoyish qildi. Xbox jamoasi bu haqdagi videorolikni o‘zining YouTube`dagi kanalida joylashtirdi. 

Komplektga pristavkadan tashqari, shuningdek, quloqchinlar uchun raz'yomga ega yangilangan geympad ham kiradi.

Bu qurilmaning narxi 399 dollarni tashkil qiladi va 16 iyundan boshlab AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda sotuvga chiqariladi. 500 Gb li standart Xbox One pristavkasi 349 dollargacha arzonlashadi.

Avvalroq Microsoft o‘yin pristavkasining asosiy raqibi Sony PlayStation 4 ham terabaytli versiyaga ega bo‘lishi haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Uning anonsi Los-Anjyelesdagi Ye3 o‘yin anjumanida bo‘lib o‘tishi kerak.

Top