17:36 / 10.06.2015
3034

O‘zbekiston chegarachilari uch nafar Qirg‘iziston fuqarosini ushlab qoldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida qonunchilikni buzganlikda ayblangan uch nafar qirg‘izistonlik to‘xtatib qolindi.
Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 3 iyun kuni Quvasoy chegara otryadi nazorati ostidagi hududda uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘shni davlatga noqonuniy o‘tishga harakat qilgan.
Ayni paytda ish yuzasidan tergov amalga oshirilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning may oyida davomida chegarani buzishga harakat qilgan 90 nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan.

Top