11:24 / 10.06.2015
8316

O‘zbekistonda 4ta kodeks hamda 6ta qonunga o‘zgartishlar kiritildi

2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga imzo chekdi. Bu haqda xushnudbek.uz saytida xabar berilgan.

Shuningdek, Qonunning rasmiy matni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e'lon qilindi.

Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 7 mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 2015 yil 15 mayda ma'qullangan.

Qonunga ko‘ra, quyidagi 4 ta kodeks hamda 6 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

Kodekslar:
1. Jinoyat kodeksi;
2. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks;
3. Fuqarolik protsessual kodeksi;
4. Havo kodeksi.

Qonunlar:
1. «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»;
2. «Avtomobil transporti to‘g‘risida»;
3. «Radiochastota spektri to‘g‘risida»;
4. «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»;
5. «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida»;
6. «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida».

Shuningdek, quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi:

1) O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi Qonuni;

2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi Qarori;

3) O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining IX bo‘limi.

Top