12:44 / 10.06.2015
2518

Rimda rohibalar monastirdagi liftda uch kun qamalgancha qolib ketdi

58 va 69 yoshli ikki nafar rohiba Rimda o‘tgan hafta, juma kuni elektr ta'minotidagi nosozliklar sababli monastir lifti ichida uch kun suvsiz va yeguliksiz qolib ketishdi. Ayollar yordamga chaqirishdi, biroq hamma dam olishga ketgani sababli binoda ulardan boshqa hech kim bo‘lmagan.

Faqatgina 8 iyun, dushanba kuni ertalab ularni farrosh ko‘rib qoldi. Rohibalar shifoxonaga tashnalik alomatlari bilan yetkazilgan. Ayollarning aytishicha, ular lift ichida qolib ketganlarida zo‘r berib ibodat qilishgan.

Top