18:50 / 10.06.2015
5089

Rossiya G7 sanksiyalariga javob berishga tayyor

Rossiya “Katta yettilik” yetakchilarining oxirgi sammit chog‘idagi bayonotlaridan so‘ng aksilcheklovlarni yanada uzaytirishga tayyor. Bu haqda prezident ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov RIA Novosti agentligiga axborot berdi.
“Sammit, nazarimizda, Rossiyaga qarshi cheklovlarning amal qilish muddatini yanada uzaytirdi. Shu bois Rossiya ham o‘z sanksiyalarini uzaytirishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Shu bilan birga, Ivanov sanksiyalar Rossiyaga salbiy ta'sir o‘tkazganini tan oldi.
“Aksilcheklovlar, umuman, har qanday cheklovlar ikki tig‘li qilich misolidir, uning ham salbiy, ham ijobiy qirralari bo‘ladi”, – ta'kidladi u.

Top