13:29 / 10.06.2015
5163

Sardor Rahimxonning “o‘g‘irlangan” qo‘shig‘iga “Yil qo‘shig‘i-2014” mukofoti berilgani aytildi

Xonanda Sardor Rahimxonning “Yil qo‘shig‘i-2014” mukofotini olgan “Malikam” chet ellik hamkasblari ijodidan “o‘g‘irlangan”i aytildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi yozmoqda.
Gazeta mualliflaridan biri o‘zbek estradasida avj olgan plagiat holatlarini tanqid ostiga olar ekan, Sardor Rahimxonning mana shunday “ijod mahsullari”dan biriga mukofot berilishidan kuyinadi.
“Xonanda Bahrom Nazarov “Pari-pari” qo‘shig‘ini armanistonlik xonanda Silva Xakobyandan o‘g‘irlagan ekan, – deb yozadi u. – Sardor Rahimxon “Tushlarimga kiring ota” qo‘shig‘ini esa qozoqcha qo‘shiqdan olgan. Darvoqea, Sardor Rahimxonning o‘g‘irlangan “Malikam endi qara” qo‘shig‘iga “Yil qo‘shig‘i-2014” mukofoti ham topshirildi. Bu savollarimizga javob beradigan mutasaddilar bormi?”.

Top