21:40 / 10.06.2015
3524

Voronejda O‘zbekiston fuqarosini urib o‘ldirgan sobiq politsiyachi qamaldi

Rossiyaning Voronej viloyatida O‘zbekiston fuqarosini kaltaklab o‘ldirib qo‘ygan sobiq politsiyachi hamda uning uch nafar sherigi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Sobiq inspektor Aleksandr Rimaryonok tanishlari Andrey Marenkov, Sergey Bityukov va Aleksandr Popov bilan birgalikda guruh bo‘lib qasddan qotillik qilishda aybdor deb topildi.
Sudning aniqlashicha, 2013 yilning aprelida ular O‘zbekiston fuqarosi bilan janjallashib qolib, uni kaltaklashgan, so‘ng avtomobil yukxonasida daryo bo‘yiga olib borib, o‘ldirishgan. Jasad o‘rmonda ko‘mib tashlangan.
Rimaryonok 16 yilga, Marenkov va Bityukov 12 va 14 yilga, Popov 10 yilga qamaldi.

Top