09:55 / 10.06.2015
2313

Xitoyda ichki proyektorga ega modulli kompyuter yaratildi

Xitoyning Wibtek kompaniyasi Q7 modulli kompyuterini yaratdi. Liliputing portalining ma'lum qilishicha, uning ichiga proyektor va akkumulyator o‘rnatish mumkin.

Kompyuter korpusi uch blokdan iborat bo‘lib, texnik tarkib markaziysida joylashadi. U o‘z ichiga Intel Braswell yoki Broadwell-U protsessorini, 8 GB operativ xotirani, 6ta USB-portni, HDMI va VGA chiqishlarini, shuningdek, xotira kartasi slotini oladi.

Qo‘shimcha modullardan hozircha akkumulyator bloki va 350 lyumen yorug‘likka ega proyektor haqida axborot berildi. Bu konstruksiya 3-4 soat davomida elektr tarmog‘iga ulanmasdan ishlashi mumkin.

Top