20:05 / 10.06.2015
5872

Yodlanmagan tuz man qilindi

O‘zbekistonda “Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlar kuchga kirdi. Ularga ko‘ra, mamlakatda yodlanmagan osh tuzi ishlab chiqarish va sotish taqiqlandi.
Bunga qadar qonun ishlab chiqarilayotgan va realizatsiya qilinayotgan osh tuzini yodlashni ko‘zda tutardi, ammo yodlangan tuzga tibbiy aks ta'sirga ega shaxslar uchun yodlanmagan osh tuzi ishlab chiqarishga ruxsat berardi. Endilikda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nuriya Aytjanovaning so‘zlariga qaraganda, bunday me'yor amalda kerak bo‘lmadi, negaki qonun amal qilgan 8 yil davomida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiy markaziga bunday tashxisga ega birora bemor murojaat qilmadi, boshqa muassasalarda ham ro‘yxatga olinmadi. Bundan tashqari, me'yor tuz ishlab chiqaruvchilarga qonunni aylanib o‘tish yo‘llarini qoldirayotgan edi.
“O‘zbekistonda yod tanqisligi o‘tkir muammolardan biri hisoblanadi. Bu ayniqsa ekologik fojia o‘choqlarida ko‘zga tashlanadi. Endokrinologiya markazi statistikasiga qaraganda, respublika bo‘yicha yod tanqisligining tarqalishi 40 foizni tashkil qiladi. Bu ayollarning aqliy holatiga, bolalar va o‘smirlarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir o‘tkazadi, shu bois hukumat vaziyatni yaxshilash uchun chora-tadbirlar ko‘rmoqda”, – ta'kidlab o‘tdi Ekoharakat vakili bo‘lgan Aytjanova.

Yod tanqisligining oldini olishning samarador usullaridan bir yodlangan tuz iste'mol qilishdir. Yangilangan qonun kasalliklar sonini kamaytirish, aholi sog‘lig‘ini yaxshilashga ko‘maklashishi mumkin.
Bundan tashqari, tuzni saqlash qoidalariga ham qat'iy amal qilish lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.

Top