11:46 / 11.06.2015
1627

Fransiya korxonalar harakati missiyasi Toshkentga keldi

Toshkentga Fransiya korxonalar harakati missiyasi (MEDEF International) yetib keldi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi saytida ma'lum qilingan.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, missiya 10-12 iyun kunlari davom etadi.

Delegatsiya tarkibiga Fransiyaning 20 kompaniyasi vakillari kirdi. Ular aviasozlik, banking, mudofaa va xavfsizlik, energetika, atrof muhitni muhofaza qilish, infrastruktura, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya, transport singari sohalarni o‘z ichiga oladi.

Delegatsiyaga harakat bosh direktori vazifasini bajaruvchi Filipp Gote rahbarlik qilmoqda. Uning tashrifi MEDEF International “Fransiya-O‘zbekiston” korxonalari rahbarlari kengashi doirasida tashkil qilindi.

Tashrif dasturida delegatsiya vakillarining hukumat a'zolari bilan uchrashuvlari, O‘zbekistonning yirik kompaniyalari va mamlakatda faoliyat yuritayotgan xalqaro moliyaviy institutlar vakillari bilan muzokaralari ko‘zda tutilgan.

Top