10:42 / 11.06.2015
1985

Guardian: AQSh politsiyachilari yil boshidan buyon 500 kishini o‘ldirdi

2015 yil boshidan beri AQSh politsiyachilari tomonidan o‘ldirilgan odamlar soni 500 kishiga yetdi. Bu haqda Guardian nashri o‘z tekshiruvlari yakunlariga ko‘ra ma'lumot berdi.

Nashrning fikricha, yil oxiriga qadar bu son 1 000 kishini tashkil qilishi mumkin.

Halok bo‘lganlarning 49.6 foizi oq tanlilar, 28.2 foizi afroamerikaliklar, 14.8 foizi Lotin Amerikasi vakillari bo‘lgan. Ulardan faqat 21 foizi qurolga ega bo‘lgan. O‘ldirilganlarning ko‘pchiligi – 95.2 foizi erkaklardir.

Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirida The Washington Post gazetasi politsiyachilar tomonidan turli operatsiyalar jarayonida 385 kishi otib tashlanganini ma'lum qilgan edi. Bunda faqat o‘q otar qurol bilan o‘ldirilgan odamlar hisobga olingan edi.

Ushbu 385 holatlardan faqat 3tasida politsiyachilar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Umuman olganda, oxirgi 10 yil ichida AQSh politsiyasi tomonidan minglab marotaba o‘t ochilgan bo‘lib, 54 holatlarda ayblovlar ilgari surilgan.

Top