16:47 / 11.06.2015
1379

Hillari Klinton Instagram’ga ulandi

AQShning sobiq davlat kotibi, prezidentlikka nomzodlardan biri Hillari Klinton Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi. Uning fotoblogiga bir sutkada deyarli 77 ming kishi obuna bo‘ldi.
O‘zi haqidagi ma'lumotlar satriga Klinton xonim quyidagini kiritdi: “Hamma narsadan tashqari, o‘ta mehribon buva”. Shuningdek, u o‘z saylovolda kampaniyasi saytiga yo‘llanma berdi.

Hozircha uning tarmoqdagi sahifasida uchta fotosurat joylashtirildi. Ulardan birida qizil, oq va ko‘k rangdagi ish kostyumlari turgan ilgak qayd qilingan. Suratga “Qiyin tanlov” izog‘i berilgan.
Ilgariroq Instagram’da Germaniya kansleri Angela Merkel ro‘yxatdan o‘tgandi. Uning sahifasiga bir sutkada bor-yo‘g‘i 2.4 ming kishi obuna bo‘lgan edi. Keyinchalik obunachilar soni 43 ming kishidan oshib ketdi. Sahifada Germaniya yetakchisi 62ta rasm joylashtirib ulgurgan.

Top