06:42 / 11.06.2015
2357

Joze Mourino yarim yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi

Londonning “Chelsi” futbol jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino tezlikni oshirgani uchun 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.

2014 yilda videokamera portugaliyalik mutaxassis tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisasini qayd qilgan edi. Mourino maksimal tezlik 60 km/soat bo‘lgan joyda 96 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

Mourino, shuningdek, 910 funt sterling jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Top