12:25 / 11.06.2015
2167

Mourino "MYu"da haqiqiy Falkao o‘ynaganiga ishonayotgan inglizlarga achinishini bildirdi

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Falkaoning "Manchester Yunayted"da o‘tkazgan mavsumi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men inglizlar "Manchester Yunayted"da o‘ynagan Falkaoning imkoniyatlarini juda past baholashayotganini eshitayapman va bundan qalbim og‘riyapti. O‘tgan mavsumda biz haqiqiy Falkaoni ko‘rmadik. Men bu futbolchini juda yaxshi taniyman, uning "Atletiko"dagi o‘yinlarini kuzatganman.

Agar menda uni o‘z darajasiga qaytarish imkoni bo‘lsa, bu ishni albatta uddalayman", deydi portugaliyalik mutaxassis.

Ma'lumot uchun, "MYu" bu futbolchi bilan ijara shartnomasini uzaytirishni istamadi.

Biroz oldinroq, Falkao APLda o‘ynashni davom ettirishni istayotgani va "Chelsi" bilan shartnoma tuzishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Top