11:32 / 11.06.2015
1833

Mourino: "Real" standart vaziyatlarda himoyalana olmasligi uchun APLda yaxshi natijalarga erisha olmasdi

"Chelsi" jamoasining portugaliyalik bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zining sobiq jamoasi "Real"ning Angliya chempionatida qatnashsa, yutuqlarga hamma o‘ylaganidek osongina erisha olmasligi haqdagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men boshqargan "Real" burchakdan to‘p o‘yinga kiritiladigan vaziyatlarda himoyalanishni umuman bilmas edi. Jamoa bir o‘yinda 5, 6 yoki 7 va undan ortiq gol urishi, har qanday raqibni mag‘lub etishga tayyor turishi mumkin, lekin ular burchak vaziyatlariga tayyor turishmaydi.

Agar APLda burchak vaziyatlarida yaxshi himoyalanilmasa, bunday jamoani quyi ligalardagi jamoalar ham mag‘lub etishi mumkin.

Har bir ligada o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘ladi. Masalan, "Inter"da ishlagan vaqtim, Italiyada ham, Yevrokuboklarda ham osonlik bilan hammani mag‘lub etardik, ammo ingliz jamoalariga qarshi juda qiynalardik", deb qo‘shimcha qildi murabbiy.

Qayd etish joiz, ingliz futbolida bosh bilan o‘ynashga alohida e'tibor qaratiladi va jamoalarning har birida bosh bilan a'lo darajada o‘ynay oladigan hujumchilar harakat qiladi.

Top