13:46 / 11.06.2015
1704

O‘zbekistonda giyohvand moddalarga ruju qo‘yganlar soni kamayib bormoqda

O‘zbekistonda olib borilayotgan aksilgiyohvandlik siyosati, aholiga bu borada yordam ko‘rsatish, tushuntirish ishlari olib borish borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar mamlakatda giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan shaxslar sonining kamayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi giyohvand moddalar nazorati milliy markazi keltirgan ma'lumotlar guvohlik bermoqda.
“Oxirgi besh yil ichida bu ko‘rsatkich 20 foizga tushdi. Giyohvandlar yosh strukturasida sezilarli siljishlar sodir bo‘ldi, 40 yoshgacha bo‘lgan odamlarning ulushi ro‘yxatlarda kamaydi. Shuningdek, yangi ruju qo‘yuvchilar, ya'ni giyohvand diagnozi umrida birinchi bor qo‘yilganlar ulushi kamaydi”, – deb izoh berdi markaz qoshidagi axborotni tahlil qilish va qayta ishlash bo‘limi boshlig‘i X. Irismetov.

Top