14:22 / 11.06.2015
2051

O‘zbekistonda oxirgi 15 oy ichida 3.4 mln tonna paxta xom ashyosi qayta ishlandi

Toshkentda paxta tozalash sohasini innovatsion rivojlantirishga bag‘ishlangan press-konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Vazirlar Mahkamasi qoshidagi axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy departamenti va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan tashkil qilindi.
Tadbir davomida ma'lum qilinishicha, o‘tgan yili va joriy yilning birinchi choragida soha korxonalari 3.4 mln tonna paxta xom ashyosini qayta ishlashgan, buning natijasida 1 mln tonnadan ortiq paxta tolasi, 80 ming tonna lint va 1.6 mln paxta chigiti olingan. Mahsulotlarning umumiy qiymati 4 trln so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari paxta zavodlarining texnik qayta jihozlanishi va modernizatsiyasi qanday kechayotgani haqida ma'lumot berishdi. Bundan tashqari, paxta tozalash korxonalarining VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasidagi ishtiroki yakunlariga to‘xtalindi. Ma'lum qilinishicha, yarmarkada “Paxtasanoat” ilmiy markazining texnik yangiliklari barchaning diqqatiga sazovor bo‘ldi. Ilmiy markaz paxta tozalash korxonalari bilan umumiy qiymati 412.7 mln so‘mlik jami 18 shartnoma imzoladi.

Tadbirda sohada faoliyat yuritayotgan boshqa korxonalar olib borayotgan ishlar bilan ham tanishib chiqildi.

Top