19:22 / 11.06.2015
1532

"PSJ" prezidenti Zlatan hali o‘zini transfer qilishlarini so‘rab murojaat qilmaganini aytdi

Parijning "PSJ" jamoasi xo‘jayini Nosir Al-Xalayfiy jamoaning asosiy hujumchisi Zlatan Ibrohimovichning kelajagi bo‘yicha fikr bildirdi.
 
"Zlatan jamoamizning o‘yinida muhim o‘ringa ega, o‘yinlarda ko‘p narsalar unga bog‘liq bo‘ladi. Uning o‘zi buni biladi va u hali hech kimga ketmoqchiligini aytgani yo‘q. Agar u mening oldimga kelib, "Milan"ga qaytmoqchiligini aytsa va o‘zini transfer qilishimizni so‘rasa, uning barcha gaplarini eshitaman. U men bilan do‘stona munosabatda. Biz uning irodasiga qarshi bormaymiz", deydi "PSJ" prezidenti
 
Biroz oldinroq, Ibrahimovich “Milan” klubiga o‘tishga yaqin turgani, uning transfer narxi 15 million yevroni tashkil qilishi, va shvetsiyalik hujumchi allaqachon bu borada “Milan” vitse-prezidenti Adriano Galliani bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Top