14:52 / 11.06.2015
3489

Rossiya va Xitoy quruqlikda, dengizda va havoda harbiy kuchlarini birgalikda qo‘llash borasida kelishuvga erishdi

Rossiya va Xitoy yaqinlashib kelayotgan harbiy mashg‘ulotlar arafasida quruqlikda, dengizda va havoda harbiy kuchlarini birgalikda qo‘llash borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.

“O‘quvlar 2015 yil avgustining oxirida Yapon dengizida va Primorsk o‘lkasi qirg‘og‘ida bo‘lib o‘tadi. Unga ikki tomondan turli toifadagi 20 kema, shuningdek, harbiy aviatsiya samolyotlari va vertolyotlari jalb qilinadi”, – deyiladi xabarnoma matnida.
Ta'kidlanishicha, shtab vakillari o‘quv joylarini, shu jumladan, Klerk poligoni va Knevichi aeroportini ko‘zdan kechirishga ulgurgan.

Top