14:58 / 11.06.2015
5009

Surxondaryoda uchta yangi muzqaymoq ishlab chiqaruvchisi faoliyat boshlaydi

Surxondaryo viloyatida uchta yangi muzqaymoq ishlab chiqaruvchisi ish boshlaydi. Termizda joriy yilning uchinchi choragida “Saidjon Muhammadjon muzqaymoklari” korxonasi negizida sut mahsulotlari va muzqaymoq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 1.2 mln dollarlik loyiha korxonaning o‘z mablag‘lari (700 ming dollar) va “Asaka” bankining krediti (500 ming dollar) hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi ishlab chiqarishning yillik quvvati 700 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga yetadi. Unda 100ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Denovda bir yo‘la ikkita yangi korxona ochiladi. Yozda “Afrosiyob” korxonasida muzqaymoq ishlab chiqaruvchi sex ish boshlaydi. 175 ming dollarlik loyihani moliyalashtirish korxonaning o‘z mablag‘lari (25 ming dollar) va Milliy bank krediti (150 ming dollar) hisobiga amalga oshiriladi. Ushbu sex yiliga 100 ming tonna sutni qayta ishlay oladi.
Bundan tashqari, keyingi yil boshida “Registon Denov savdo” qo‘shma korxonasi negizida yiliga 200 ming tonna sutni qayta ishlashga qodir ishlab chiqarish tashkil etiladi. Unda 45ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 440 ming dollarlik loyihani moliyalashtirishni korxonaning o‘zi (250 ming dollar) va “O‘zsanoatqurilishbank” (190 ming dollar) zimmalariga oladi.

Top