17:12 / 11.06.2015
2465

Toshkentning Uchtepa tumanida «Kamolot uylari» foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumani «Tinchlikobod» mahallasida iqtidorli yoshlar uchun mo‘ljallangan 32 xonadondan iborat ko‘p qavatli ikkita «Kamolot» uyi foydalanishga topshirildi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 2014 yilning 6 fevral kuni «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, O‘zbekistonning barcha hududlarida «Kamolot uylari» qurilmoqda.

Qarorga ko‘ra, imtiyozli kreditlar asosida beriladigan uylar faqatgina «Kamolot» YoIH Markaziy Kengashi tavsiyasiga binoan amalga oshiriladi. Sotib olinadigan uylar uchun boshlang‘ich badal to‘lanmaydi.

«Kamolot» uylaridan sotib olinadigan kvartiralar uchun kredit O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan foiz stavkasida 20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davr bilan taqdim etiladi.

Top