12:12 / 11.06.2015
7717

UMS uyali aloqa operatori yangi «Ultra» tarif rejasini ishga tushirdi

UMS uyali aloqa operatori abonentlarga ovozli, SMS va Internet muloqotni faol olib borish uchun mo‘ljallangan yangi «Ultra» tarif rejasini taqdim eta boshladi.

«Ultra»ga ulangan abonentlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

• UMS tarmog‘i ichida bepul chiquvchi qo‘ng‘iroqlar;
• O‘zbekiston bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda 2000 daqiqa chiquvchi qo‘ng‘iroqlar;
• trafikka kiritilgan 1500 MB;
• O‘zbekiston bo‘ylab istalgan yo‘nalishda 1000ta SMS;
• Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar - 0$;
• Obuna to‘lovi – oyiga 25$.

“Tarifni ishlab chiqayotganda biz amaldagi abonentlardan va ular safiga qo‘shilish niyatida bo‘lganlardan tushayotgan xabarlarga tayandik. Katta miqdordagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, megabaytlar va SMSlarni o‘z ichiga oladigan shunday mahsulot yaratish to‘g‘risida tez-tez uchrovchi takliflarni o‘rganib chiqib, biz «Ultra» tarif rejasini mobil muloqot uchun keng imkoniyatlar bilan ta'minladik”, deydi “UMS” MChJning marketing bo‘yicha direktori Andrey Mamayev.

Top