21:52 / 11.06.2015
1777

Yamanda 20 mln aholi insonparvarlik yordamiga muhtojlik sezmoqda

YUNISEFning rasmiy tvitterida Yamanning 80 foiz aholisi, ya'ni 20 mln.dan ko‘proq odam insonparvarlik yordamiga muhtojlik sezayotgani haqidagi ma'lumot paydo bo‘ldi.

“Yamanda 20,4 mln aholi (ulardan 9,3 mln nafarini bolalar tashkil qiladi) u yoki bu shakldagi insonparvarlik yordamiga muhtojlik sezmoqda”, deb aytdi YUNISEF ning rasmiy vakili Jyeremi Xopkins.

Xopkinsning ta'kidlashicha, mamlakatning portlari qamal qilingani sababli uning aholisi yonilg‘i va chuchuk suv yetkazib berilishidan uzilib qolgan.

Top