06:38 / 11.06.2015
2804

YUNISEF Donbassda halok bo‘lgan bolalar sonini e'lon qildi

BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) Donbassdagi to‘qnashuvlar davrida 68 nafar bola halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Jamg‘armaning ma'lumotlariga ko‘ra, yana 176 nafar bola yaralangan. To‘qnashuvlar oqibatida jami 1,7 mln bola jabr ko‘rgan.

Avvalroq "Donetsk xalq respublikasi"da 69 nafar bolaning o‘limi haqida ma'lum qilingan edi.

Top