23:29 / 12.06.2015
5643

Huffington Post nashri Putin va AQShlik rep ijrochi Kane Uestning fikrlari deyarli bir xil ekanligini ma'lum qildi

AQShning Huffington Post onlayn-nashri o‘zining mutolaachilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQShllik rep ijrochi Kane Uestning aytgan fikrlarini solishtirishni taklif qildi. Nashrning ta'kidlashicha, ularning fikrlari bir-birlariga shunchalik o‘xshashki, ularni deyarli farqlab bo‘lmaydi.

“Siz o‘zingizning prezidentingiz va kumiringizni yaxshi bilaman deb o‘ylaysizmi? Yana bir bor o‘ylab ko‘ring... Ularning orasidagi yagona farq – bu Kim Kardashyandir. Bu juftlik siz o‘zingizga tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgandagidan ko‘proq umumiy jihatlarga ega – bu avvalo ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va Tangriga muhabbatidir”, deb aytilmoqda nashrda berilgan maqolada.

Saytda Putin va Uestning o‘nlab fikrlari keltirilgan, quyida shu fikrlardan ba'zilari keltirilgan.

Kane Uest: "Bu sizga yoqadimi yoki yo‘qmi men tarixga afsona sifatida kiraman”.

Vladimir Putin: “Ba'zida hech narsa qilmagandan ko‘ra, tez harakat qilib xatolarga yo‘l qo‘yish afzalroqdir”.

“Ba'zida o‘zingning haqligingni isbotlash uchun yolg‘iz bo‘lishing zarur”.

Kane Uest: “Agar men o‘zimni daho desam, o‘zimni ham, sizni ham aldagan bo‘laman”.

“Hayotingizdagi eng katta afsusingiz?” degan savolga Putin quyidagicha javob berdi: “Men sizlar bilan ochiqchasiga gaplashaman. Men bunday holatni eslay olmayman. Ehtimol, Tangri mening hayotimni men hech narsa haqda afsuslanmasligim uchun shunday yaratgandir”.

Vladimir Putin: «Menda shunday his borki, men istalgan narsamga erisha olaman”,

Kane Uest: «Men o‘zimni idishdek his qilaman – Tangri meni ovoz va kommunikator bo‘lishim uchun tanlagan”.

Top