21:21 / 12.06.2015
3046

Indoneziya 45 ta davlat bilan vizasiz tartib o‘rnatdi

Indoneziya 45 ta davlat bilan vizasiz tartib o‘rnatdi, deb Indoneziya Vazirlar Mahkamasi kotibiyati saytiga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Indoneziya Respublikasining boshqa davlatlar bilan aloqalarini yaxshilash va milliy rivojlanishda ustunliklarni ta'minlash maqsadida Indoneziya prezidenti Joko Vidodo 2015 yilning 9 iyunida vizasiz safarlar haqida 69-raqamli farmonni imzoladi”, deb xabar bermoqda rasmiy hokimiyat.

Viza cheklovlaridan ozod etilgan davlatlar qatoridan Rossiya, AQSh, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Ummon, BAA, Polsha va boshqa davlatlar joy oldi.

Top