12:21 / 12.06.2015
3999

Islomshunos olim: azaga kelganlarga sovg‘a tarqatish shariatga mos kelmaydi

Azaga tashrif buyurganlarga sovg‘a tarqatish shariatga mos kelmaydi hamda bunday urf-odatlar judolik dardini totgan odamlarning dilini yanada qaqshatadi. Bu haqda islomshunos olim Abdunosir Bobomirzayev “Oila davrasida” gazetasiga aytib o‘tdi.

Materialda aytilishicha, O‘zbekistonning ayrim hududlarida hanuzgacha azaga kelganlarga qiyiqchalar, joynamozlar, pul tarqatish, qo‘y so‘yish va dasturxon yozish odatlari saqlanib kelmoqda. Jumladan, Jizzaxning G‘allaorol tumanida bunday tadbirlarda ayollarga bittadan piyola tortiq etilar ekan.

“Dabdabaga berilish o‘rniga bu pullarni marhumning yaqinlari uchun, ularning yaxshi turmush kechirishi uchun ishlatish kerak”, – ta'kidlab o‘tdi Bobomirzayev.

Top