12:27 / 12.06.2015
3280

KCell 3.1 mln tanga jarima to‘laydi

KCell aksiyadorlik jamiyati ma'muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi Kazinform axborot agentligi kompaniyaning axborotnomasiga tayangan holda.

Olma-Ota shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo ma'muriy sudi 2015 yilining 13 mayidagi qaroriga binoan kompaniya ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Endilikda kompaniya 3 171 200 tanga jarima to‘laydi.
Axborotnomada aytilishicha, kompaniya Qozog‘istonning “Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida”gi kodeksining 162-moddasiga ko‘ra (“Aksilmonopol organining ko‘rsatmasini bajarmaslik”) javobgarlikka tortilgan.

Top