17:45 / 12.06.2015
1678

Kiyev yaqinida joylashgan neft bazasidagi yong‘in bartaraf etildi

Kiyevda joylashgan neft bazasidagi yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda «112 Ukraina» nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, hozirda faqatgina yoqilg‘ining olib chiqib ketish ishlari qolgan.

«Olov allqachon o‘chirib bo‘lingan. Bugun yong‘indan keyingi qoldiqlarni tozalash ishlari tugatiladi», deydi mahalliy favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mas'ullardan biri.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kiyevdagi neft bazasidagi 900 kub sig‘imga ega uchta zaxira bochkasi yonishi natijasida bir nafar odamning jasadi topilgani va 3 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top