17:03 / 12.06.2015
1962

Merkel konferensiya chog‘ida qochqinlar va mehnat muhojirlari haqida fikr bildirdi

Oilaviy korxonalar jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan konferensiyadagi chiqishi chog‘ida Germaniya katsleri Angela Merkel qochqinlar va mehnat muhojirlariga muammolariga to‘xtalib o‘tdi.

“Bizga butun Yevropa ittifoqidan, ayniqsa, ishsizlik darajasi kuchli bo‘lgan mamlakatlardan yoshlar keladi, – dedi u o‘z chiqishida. – Biz bunday muhojirlarni cheklangan miqdorda qabul qila olishimizning sabablaridan biri Yevropadagi universitetlarning darajasi va dasturlari farq qilishidir. Shu bois, aytaylik, Latviya va Estoniya o‘zida Germaniya professional ta'lim tizimini joriy qilmoqda”.

Qochqinlar masalasiga kelganda esa, bu Yevropa siyosatchilarining asosiy bosh og‘rig‘iga aylangani ta'kidlab o‘tildi. Ma'lum qilinishicha, Germaniya bu yil ikki barobar ko‘proq qochqin qabul qiladi.

Top