16:20 / 12.06.2015
2077

Merkel Xitoyga safar qilishi va Hindiston bilan hamkorlik haqida gapirdi

Oilaviy korxonalar jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan konferensiyadagi chiqishi chog‘ida Germaniya katsleri Angela Merkel joriy yildagi ayrim rejalarini oshkor qildi. Jumladan, oktabr oyida Germaniya-Hindiston konsultatsiyalari bo‘lib o‘tishini aytib o‘tdi.
“Hindiston ulkan salohiyatga ega davlat, biz ularga har tomonlama, shu jumladan, siyosiy jihatdan ham ko‘mak berishni istaymiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Bundan tashqari, kuzda kansler Xitoyga safar uyushtirishini ma'lum qildi.

Top