23:11 / 12.06.2015
2989

Odilbek Jaqsibekov Ostona shahri hokimi lavozimida qoldi

Qozog‘iston prezidenti farmoni bilan Ostona shahri hokimi Odilbek Jaqsibekov “Ostona EKSPO – 2017” Milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

“Odilbek Jaqsibekov poytaxt hokimi lavozimi bilan birga “Ostona EKSPO – 2017” Milliy kompaniyasi rahbari lavozimiga tayinlandi”, deb aytilmoqda xabarda.

12 iyun kuni Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov “Ostona EKSPO – 2017” Milliy kompaniyasi jamoasiga yangi boshqaruv raisi – Ostona hokimi Odilbek Jaqsibekovni tanishtirdi.

Top