17:31 / 12.06.2015
2073

O‘zbekiston regbi reytingida to‘rt qatorga ko‘tarildi

O‘zbekiston Xalqaro regbi ittifoqi reytingida to‘rt pog‘onaga ko‘tarilib, 86-o‘rinni egalladi.
Reytingda yetakchi o‘rinlarni Yangi Zelandiya, JAR va Irlandiya egallab turibdi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Osiyo chempionatida Hindiston ustidan qozongan g‘alabasi ushbu ko‘tarilishni ta'minladi. Osiyo chempionati 27-30 may kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazildi.
Xalqaro regbi ittifoqi (World Rugby) 120 mamlakatni birlashtirib, ulardan 102 nafari ittifoqning to‘laqonli a'zosi, 18 nafari esa uyg‘unlashgan a'zolar hisoblanadi. O‘zbekiston 2014 yil mayida ittifoqning to‘laqonli a'zosiga aylandi.

Top