15:25 / 12.06.2015
1905

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Vangareydan Vellingtonga yetib bordi

Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Vangarey shahridan mamlakat poytaxti Vellington shahriga yetib bordi.

Bu shaharda terma jamoa chorak final o‘yinidagi ishtirokini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 11 iyun kuni Vangarey shahrida Avstriya yoshlari bilan nimchorak bosqichidagi o‘yinini o‘tkazdi va 2:0 hisobidagi g‘alaba orqali chorak finalga o‘tdi.

Vellington shahrida esa 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:30 da Senegalga qarshi o‘yin o‘tkaziladi.

Top