12:20 / 12.06.2015
2596

Qozog‘iston bosh muftiysi qozog‘istonlik musulmonlarni kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan tabrikladi

Qozog‘iston bosh muftiysi Erjon hoji Malxajiuli mamlakat musulmonlarini muqaddas Ramazon oyi boshlanayotgani munosabati bilan qutladi. Bu haqda KazTAG xabar bergan.
 
"Barchani kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan qutlayman! Bu oy oylarning sultonidir. Bu oyda barcha gunohlaridan forig‘ bo‘lishga harakat qilishi kerak", deydi muftiy 12 iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida.
 
U o‘z nutqida bu oy davomida yomon ishlar qilishdan qochishga va ko‘ngilni toza tutishga chaqirgan.
 
"Biz bu oyda bir-birimizga mehribon bo‘lishimiz, bir-birimiz haqimizda qayg‘urishimiz va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. E'tiqodni mustahkam qilib, gunohlardan tiyilishimiz kerak. Barchani o‘zining qalbini tozalashga va Allohga ishonishda davom etishga chaqiraman!", deydi u.
 
2015 yilda Qozog‘istonda Ramazon oyi 17 iyundan 18 iyunga o‘tar kechasi boshlanishi e'lon qilingan.
 
Top