07:26 / 12.06.2015
2243

Rossiya Federal antimonopol xizmati Bojxona ittifoqida roumingni bekor qilishni taklif etmoqda

Rossiya Federal antimonopol xizmati rahbari Igor Artyomev Bojxona ittifoqi davlatlarida roumingni bekor qilish kerakligini aytmoqda, deb xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.

“Beshta davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Belarus davlatlari hududida umuman rouming bo‘lishi kerak emas”, deb aytdi Artyomev “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Artyomevning fikricha, hozirda Rossiya mobil aloqa operatorlari xalqaro roumingga narxlarni me'yoridan ancha oshirib yuborishmoqda. “Xalqaro rouming narxi xorijiy kompaniyalar amalga oshiradigan qayta ulashlarga bog‘liq. Aslida esa, bizning kompaniyalar ayyorlik qilyapti deb o‘ylamoqdamiz. Ular bu narxlarni 5 marotaba qimmatroq taqdim qilishmoqda. Ular bu ma'lumotni Bojxona ittifoqi antimonopol xizmatlaridan yashirishga harakat qilishdi. Ular o‘zlariga bog‘liq qismni katta miqdorda oshirib yuborib, hamma aybni xorijiy kompaniyalarga yuklashmoqda”, deb tushuntirib o‘tdi vaziyatni Artyomev.

Artyomevning aytishicha, Federal antimonopol xizmat MDH doirasida tegishli tergov o‘ztkazmoqda. “Biz operatorlarga rouming uchun narxlarni tushirish kerakligini aytdik. Bojxona ittifoqi doirasida umuman rouming bo‘lmasligi kerak va Rossiya fuqarolari bu borada Bojxona ittifoqidagi boshqa davlatlarning fuqarolari kabi normal sharoitda bo‘lishlari lozim”, deb aytdi Artyomev va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham narxlarni ikki barobarga kamaytirish kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top