18:25 / 12.06.2015
2672

Samarqandda bemor shifokoridan mashina olib berish bahonasida katta miqdorda pul undirib, unga birovning Lacetti’sini keltirib berdi

Samarqandda istiqomat qiluvchi Azamat tibbiy ko‘rikdan tez-tez o‘tib turib, shifokor Rustam Malikov bilan yaqin tanishib qoldi. Uning mashina olmoqchi bo‘lib yurganini eshitgan Azamat shifokorga bu masalani hal qilib bera olishini aytib, undan 300 dollar olib ketdi.

Shundan so‘ng, “Huquq” gazetasining yozishicha, u uzoq muddat davomida Malikovni aldab yurib, undan katta miqdorda pulni qalloblik yo‘li bilan undirgan. Jumladan, dastlab 5 ming dollar, so‘ng 400 dollar, undan keyin yana 2 ming va 2150 dollar, jami 4850 dollar olgan.
Gumonsiray boshlagan shifokor undan tilxat olishga erishgan. Shundan so‘ng Azamat Malikovga oq rangli Lacetti keltirib berib, yangi mashina olib bergancha shuni haydab turishini aytib ketgan. Ammo, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, notanish yigit shifokorning uyiga kelib, mashina o‘ziga tegishli ekanini, Azamat uni o‘g‘irlab ketganini aytgan. Ikkovlon huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Militsiya xodimlari tez orada qallobni ushlab, mashinani ham, pullarni ham egasiga olib berdi.

Top